Previyu. «Paxtakor» – «Neftchi»
Superliganing 21-turida muxlislar navbatdagi bor o‘zbek klassikosiga guvoh bo‘lishadi.
Jamoalar chempionatlar tarixida 61 o‘yin o‘tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tomonida – 29 g‘alaba, 10 durang va 22 mag‘lubiyat. Raqib darvozasiga 101 ta to‘p kiritgan "Sherlar" 70 ta gol o‘tkazib yuborishgan. Toshkentdagi bellashuvlarning 21 tasida "Paxtakor" ustun kelgan bo‘lsa, 6 bahsda Farg‘onaliklar g‘alaba qozongan. Uch o‘yin durang bilan tugagan. Jamoamiz uyda o‘tgan to‘qnashuvlarda 59 gol urgan holda 17 ta to‘p o‘tkazib yuborgan. "Paxtakor" 11 bor raqibni yirik natija bilan dog‘da qoldirishga erishgan bo‘lsa, "Neftchi"da bunday g‘alabalar soni uchtani tashkil qiladi.
"Paxtakor"ning eng yirik g‘alabasi 6:0, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do‘rmonov o‘zaro uchrashuvlarda 12 ta gol kiritgan. Shuhrat Maqsudov chempionatda har ikki jamoa tarkibida gol urgan yagona o‘yinchi sanaladi.
"Paxtakor" va "Neftchi" o‘rtasidagi to‘qnashuv 13 sentyabr, shanba kuni "Jar" stadionida soat 19:00 da boshlanadi.