locale OZ

Previyu. \"Nasaf\" - \"Paxtakor\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Previyu. "Nasaf" - "Paxtakor"
Photo: Nasaf PFk

Superliga 14-turida 27 iyun kuni “Paxtakor” safarda "Nasaf"ga qarshi maydonga tushadi.

Agar bellashuvlar tarixiga nazar tashlasak, chempionatlarda jamoalar jami 56 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Ulardan 30 tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 14 uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshiliklar esa 12 o‘yinda zafar quchgan. Raqib darvozasini 79 bor ishg‘ol qilgan jamoamiz o‘z darvozasidan 49 gol o‘tkazib yuborgan.

Qarshidagi 28 o‘yinda esa jamoamiz 9 g‘alaba, 9 durang va 10 mag‘lubiyat qayd etgan. 26 gol urgan jamoamiz o‘z darvozasidan 34 to‘p o‘tkazib yuborgan.

"Nasaf" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 27 iyun, juma kuni Qarshidagi "Markaziy" stadionda soat 20:00da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting