locale OZ

Previyu: «Mash'al» - «Sho'rtan»

G'uzorda bo'lib o'tadigan uchrashuvni Firdavs Norsafarov boshqarib boradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Previyu: «Mash'al» - «Sho'rtan»
Фото: Машал ПФК

Superliganing 21-turida "Mash'al" voha derbisi doirasida G'uzorning "Sho'rtan" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

G'uzorda bo'lib o'tadigan “Mash'al” - "Sho'rtan" uchrashuvini Firdavs Norsafarov boshqarib boradi. Uning qanotlarida Artyom Kalinin va Elnur Doniyorovlar yordam berishadi. Zahira hakami Roman Irgashev. Hakamlarga Viktor Serazitdinov nazorat qiladi. Uchrashuv komissari: Qudrat Madraimov.

O'zaro o'yinlar

“Mash'al” va “Sho'rtan” shu kungacha superliga bahslarida 23 marta to'qnash kelgan. G'alabalar bo'yicha “Mash'al” 14 ta, “Sho'rtan” esa 8 tadan yutuqqa erishgan. 1 o'yin durang bilan yakunlangan. Muborakliklar raqib darvozasini 39 bor ishg'ol qilgan bo'lsalar, g'uzorliklar esa 19 gol urishgan.

“Mash'al”ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi – 5:0 ga teng. “Sho'rtan”da bu ko'rsatkich 3:1 bo'lib turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting