Previyu: «Mash'al» — «Bunyodkor»
G'uzorda bo'lib o'tadigan “Mash'al” — “Bunyodkor” uchrashuvini Temur To'xtasinov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Anvar Marajabov va Ziyodullo Abdurahmonov yordam berishadi. Zaxira hakami Jahongir Noraliyev. Hakamlarga Oleg Dachev nazorat qiladi. Uchrashuv komissiyasi — Samandar Ibragimov.
O'zaro o'yinlar:
“Mash'al” — “Bunyodkor” shu kunga qadar chempionat bahslarida 26 marta to'qnash kelgan. Ulardan 2 tasida “Mash'al”, 20 tasida “Bunyodkor” g'alaba qozongan. 4 o'yin durang bilan yakunlangan.
Muborakliklar raqib darvozasini 10 bor ishg'ol qilgan bo'lsalar, qaldirg'ochlar esa 49 gol urgani qayd etilgan. O'zaro o'yinlarda “Mash'al” 10, “Bunyodkor” 64 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan.
Eng katta g'alabalar:
"Mash'al"ning o'zaro o'yinlarda qo'lga kiritgan eng yirik g'alabasi – 3:2 ga teng. "Bunyodkor"da esa bu ko'rsatkich 5:1 bo'lib turibdi.