Previyu. «Bunyodkor» - «Andijon»
“Bunyodkor” - “Andijon” uchrashuvi bugun, 30 noyabr sanasida soat 15:00 da boshlanadi.
Фото: Андижон ПФК
“Andijon” chempionatning so‘nggi tur uchrashuvini Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida “Bunyodkor”ga qarshi o‘tkazadi.
Bo‘lajak bellashuv ikki jamoaning O‘zbekiston chempionatidagi o‘zaro 30-uchrashuviga aylanadi. Bu yil birinchi davrada Andijonda o‘tkazilgan o‘yinda mehmonlar 0:2 hisobi bilan ustun kelgandi.
Umuman olganda, jamoalarning o‘zaro uchrashuvlar statistikasi bo‘yicha, “Bunyodkor”da 22, “Andijon”da esa 1 g‘alaba bor. Yana 6 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbati — 57-14.
Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” - “Andijon” uchrashuvi bugun, 30 noyabr sanasida soat 15:00 da boshlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist