locale OZ

Previyu. «Andijon» - OKMK

“Andijon” - OKMK bellashuvi bugun soat 19:00 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Previyu. «Andijon» - OKMK
Фото: Андижон ПФК

Bugun “Andijon” jamoasi o‘z maydonida Olmaliqning OKMK klubini qabul qiladi.

O‘zaro statistika shuni ko‘rsatmoqdaki, jamoalar milliy chempionatimiz tarixi mobaynida o‘zaro 27 marta kuch sinashishgan. “Andijon” hisobida 4, OKMKda esa 18 g‘alaba bor. Yana 5 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 33\55 OKMK foydasiga.

Birinchi davrada Olmaliqda o‘tkazilgan uchrashuvda OKMK 4:3 hisobida g‘alaba qozongan. “Andijon” o‘z maydonida ushbu raqibini so‘nggi bor 2011 yilgi mavsumda mag‘lubiyatga uchratgan, o‘shanda 1:0 hisobi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” - OKMK bellashuvi bugun soat 19:00 da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting