Portugaliya terma jamoasining Meksika va AQSHga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi e’lon qilindi
Portugaliya terma jamoasi 29 mart va 1 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Meksika hamda AQSH terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun qaydnomasini e’lon qildi. Jamoa sardori Krishtianu Ronaldu tizza osti payidagi jarohati sababli yakuniy ro‘yxatdan joy olmaganini alohida ta’kidlash lozim.
Portugaliya terma jamoasi tarkibi:
Darvozabonlar:
Diogu Koshta («Portu»), Jose Sa («Vulverxempton»), Ruy Silva («Sporting»).
Himoyachilar:
Diogu Dalot («Manchester Yunayted»), Tomash Arauju («Benfika»), Joau Kanselu («Barselona»), Mateus Nunes («Manchester Siti»), Gonsalu Inasiu («Sporting»), Antoniu Silva («Benfika»), Renatu Veyga («Vilyarreal»), Nunu Mendesh («PSJ»).
Yarimhimoyachilar:
Mateush Fernandesh («Vest Xem Yunayted»), Ruben Neves («Al-Hilol»), Joau Neves, Vitinya (ikkisi ham – «PSJ»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Samu Koshta («Malyorka»).
Hujumchilar:
Pedru Gonsalves («Sporting»), Joau Feliks («Al-Nasr»), Fransisku Trinkau («Sporting»), Fransishku Konseysau («Yuventus»), Rafael Leau («Milan»), Pedru Netu («Chelsi»), Rodrigo Mora («Portu»), Gonsalu Ramush («PSJ»), Gonsalu Gedesh («Real Sosedad»), Rikardu Orta («Braga»).