locale OZ

Portugaliya muxlislari Ronaldu haqida fikr bildirishdi

41 yoshli futbolchi Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Portugaliya muxlislari Ronaldu haqida fikr bildirishdi
FOTO: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi muxlislaridan Krishtianu Ronalduni 2026-yilgi Jahon chempionatida asosiy tarkibda ko‘rishni xohlaysizmi? degan savolga javob berish so‘raldi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, muxlislarning aksariyati 41 yoshli hujumchini hamon jamoaning asosiy futbolchilaridan biri sifatida ko‘rishni istashini bildirgan.

Muxlislar Ronalduning tajribasi, yetakchilik qobiliyati va hal qiluvchi uchrashuvlardagi ta’siri Portugaliya terma jamoasi uchun katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashgan.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliyaning O‘zbekiston ustidan qozongan 5:0 hisobidagi g‘alabasida Ronaldu dubl qayd etib, Jahon chempionatlari tarixida olti xil mundialda gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Shuningdek, u Portugaliya terma jamoasining mundiallardagi eng yaxshi to‘purari bo‘lib oldi.

Maʼlumot uchun, Portugaliya guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting