locale OZ

Portugal agenti: «Agar shunday o‘ynashda davom etsak, JCHda guruhdan chiqishimiz dargumon»

Portugaliya 2-turda O‘zbekiston bilan kuch sinashadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Portugal agenti: «Agar shunday o‘ynashda davom etsak, JCHda guruhdan chiqishimiz dargumon»
ФОТО: Getty images

Portugal agenti Paulu Barbosa Portugaliya terma jamoasining JCH-2026 guruh bosqichi 1-turi doirasidagi Kongo DRga (1:1) qarshi o‘yinini tanqid qildi.

«Portugaliyada juda qattiq hafsala pir bo‘ldi. Bizning terma jamoa juda yomon o‘ynadi. Bizningcha, jamoa ancha yaxshiroq o‘ynashi kerak edi. Agar shunday o‘ynashda davom etsak, guruhdan chiqishimiz dargumon. Bu yomon, chunki umidlar katta.

Bunday o‘yin bilan o‘zini yaxshi ko‘rsatgan Kolumbiya terma jamoasini mag‘lub eta olishimiz dargumon. Kecha biz, ehtimol, so‘nggi uch yoki to‘rt yildagi eng yomon o‘yinni ko‘rdik», — dedi Barbosa «Chempionat» muxbiri Egor Kabak bilan suhbatda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting