locale OZ

Polshada «Rayo Valekano» muxlislari joylashgan avtobusga hujum uyushtirildi

Voqea oqibatida 10 kishi jarohatlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Polshada «Rayo Valekano» muxlislari joylashgan avtobusga hujum uyushtirildi
FOTO: Getty Images

Polshada «Rayo Valyekano» muxlislari joylashgan avtobuslarga hujum qilindi. Bu haqda RMF FM xabar berdi.

Hujum Konferensiyalar Ligasi umumiy bosqichi 5-turidagi «Yagelloniya» — «Rayo Valyekano» uchrashuvi oldidan sodir bo‘lgan.

Voqea Varshava bilan Belostok orasidagi tezkor avtomagistralda, Ostruv-Mazovetska hududida yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki yengil avtomobil ispan muxlislari ketayotgan avtobuslarga yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Shundan so‘ng qurollangan (moltok, teleskopik dubinka) taxminan 50 nafar shaxs avtobuslarga bostirib kirib, janjal chiqargan.

Hujum oqibatida 10 kishi jarohatlangan — to‘qqiz nafar ispan va bir polshalik. Uch nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Guvohlarning aytishicha, hujumchilar voqea joyidan darhol qochib ketgan. Politsiya hodisa bo‘yicha surishtiruv olib bormoqda.

Konferensiyalar Ligasi umumiy bosqichida to‘rt turdan keyin «Yagelloniya» 8 ochko bilan 8-o‘rinda, «Rayo Valyekano» esa 7 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting