locale OZ

Pol Pogba faoliyatini MLS'da davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pol Pogba faoliyatini MLS'da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba faoliyatini MLS'da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “D.C.Yunayted” klubi Pogbaga qiziqish bildirmoqda va uni qo'lga kiritish uchun allaqachon muzokaralar olib bormoqda.

Ma'lumot uchun, “D.C.Yunayted” 10-turdan so'ng Sharqiy konferensiya turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Pogba antidoping qoidalarini buzganligi uchun to'rt yilga diskvalifikatsiya qilingandi, biroq keyinchalik bu muddat 18 oyga qisqartirilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting