Pogba AQShda to'p surishi mumkin. Unga xaridor topildi
Photo: Getty Images
“Di Si Yunayted” fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda The Athletic xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko'ra, Vashington klubi Pogba bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazgan. Tomonlar deyarli kelishuvga erishilgani aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Pogba 2023da diskvalifikatsiya qilingan. 2025 yilning martidan boshlab u mashg'ulotlarda ishtirok etishiga ruxsat berilgan. Futbolchining so'nggi jamoasi “Yuventus” hisoblanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist