\"Piza\" A Seriyaga chiqdi. Jamoani Filippo Inzaghi boshqaradi
Photo: Getty Images
Italiya B Seriyasi 37-turida "Piza" klubi "Bari"ga (0:1) hisobida mag'lub bo'ldi. Shunga qaramay, jamoa A Seriyaga qaytishga muvaffaq bo'ldi.
Shunga qaramay, "Piza" 1991 yildan so'ng ilk bor A Seriyaga chiqdi. Jamoa oxirgi marotaba A Seriyada 34 yil avval – 1990/91 yilgi mavsumda qatnashgan.
Hozirda jamoani "Milan" afsonasi Filippo Inzaghi boshqarmoqda. Avvalroq "Sassuolo" ham A Seriyaga qaytishga muvaffaq bo'lgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist