Pirs Morgan Salohga intervyu taklif qildi
Jurnalist avvalroq Ronaldu bilan ham shunday suhbat tashkillashtirgandi.
FOTO: Getty Images
Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan, ilgari Krishtianu Ronalduni «Manchester Yunayted»dagi vaziyatga tanqidiy qarashlari bilan intervyuga chaqirgan edi, endi esa «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohga shunday formatda chiqishni taklif qildi.
Morgan ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida shunday yozdi:
«Vau… ehtimol, endi intervyu vaqti keldi, Saloh?» — deya Salohning akkauntini belgiladi.
Eslatib o‘tamiz, Muhammad Saloh jamoadagi o‘yin roli va 2025/2026 mavsumida cheklangan vaqti haqida tanqidiy fikr bildirgandi. Shundan so‘ng, u «Liverpul»ning UEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichidagi «Inter»ga qarshi o‘yinga tarkibdan chiqarildi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist