locale OZ

Pirs Morgan \"Arsenal\"ni Xulian Alvares bo‘yicha qarori uchun tanqid qildi

Avvalroq OAVda "Arsenal" Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvaresni qo‘lga kiritish maqsadida Viktor Gyokereshni almashinuv bitimiga qo‘shishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pirs Morgan "Arsenal"ni Xulian Alvares bo‘yicha qarori uchun tanqid qildi
Foto: Getty Images

Taniqli britaniyalik jurnalist va "Arsenal" muxlisi Pirs Morgan London klubining Xulian Alvares transferi bo‘yicha rejalarini keskin tanqid qildi.

Avvalroq OAVda "Arsenal" Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvaresni qo‘lga kiritish maqsadida Viktor Gyokereshni almashinuv bitimiga qo‘shishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Bu xabarga munosabat bildirgan Morgan ijtimoiy tarmoqlarda shunday yozdi:

"Bu mutlaqo bema'nilik. Gyokereshni endigina oldik, endi esa uni Alvaresga almashtirmoqchimizmi? Men Alvaresni juda yuqori baholayman, ammo bunday qaror mutlaqo mantiqsiz."

Shu bilan birga, hozircha "Arsenal", "Atletiko Madrid" yoki futbolchilar vakillari tomonidan ehtimoliy almashinuv bo‘yicha rasmiy tasdiq berilgani yo‘q. Tarqalayotgan ma'lumotlar OAVdagi transfer mish-mishlariga asoslanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting