locale OZ

Pioli va Ranieri – Italiya terma jamoasini boshqarish uchun asosiy ikki nomzod

Spalletti terma jamoani tark etdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pioli va Ranieri – Italiya terma jamoasini boshqarish uchun asosiy ikki nomzod
Photo: Getty Images

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luciano Spalletti mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina uni iste’foga chiqarganini ma’lum qildi.

9 iyundagi Moldova qarshi bahs Spalletti uchun terma jamoada so‘nggisi bo‘ladi.

Janluka Di Marzio yozishicha, terma jamoaning bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar Stefano Pioli va Claudio Ranieri hisoblanadi.

"Milan"ning sobiq ustozi favorit sifatida ko‘rilmoqda, biroq u hozirda "An-Nasr"da ishlayotgani sababli iyul oyining boshigacha kela olmaydi.

Ranieri esa "Roma" ustozligini tark etib, jamoada maslahatchi lavozimida ish boshlashi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting