locale OZ

Pero Inkape to‘laqonli «Arsenal» futbolchisiga aylandi

London klubi o‘tgan mavsumni jamoada ijara asosida o‘tkazgan 24 yoshli ekvadorlik himoyachini «Bayer»dan sotib olganini rasman e’lon qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pero Inkape to‘laqonli «Arsenal» futbolchisiga aylandi
photo: gettyimages

Pero Inkape to‘laqonli «Arsenal» futbolchisiga aylandi.

London klubi o‘tgan mavsumni jamoada ijara asosida o‘tkazgan 24 yoshli ekvadorlik himoyachini «Bayer»dan sotib olganini rasman e’lon qildi.

The Athletic nashri xabariga ko‘ra, transfer summasi taxminan 40 million funtni tashkil qilgan. Inkape «kanonirlar» bilan 2031 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot o‘rnida, himoyachi yakunlangan APL mavsumida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting