locale OZ

Perishich Maradona natijasiga yaqinlashdi

Xorvatiya yarim himoyachisi Jahon chempionatlaridagi ishtiroki bilan yana bir muhim ko‘rsatkichga yaqinlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Perishich Maradona natijasiga yaqinlashdi
Foto: Getty Images

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ivan Perishich Jahon chempionatlaridagi ishtiroki bilan yana bir muhim ko‘rsatkichga yaqinlashdi.

Perishich Gana terma jamoasiga qarshi JCh-2026 guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu uning Xorvatiya milliy jamoasi safida Jahon chempionatlaridagi 20-o‘yini bo‘ldi. E’tiborlisi, futbolchi mundialdagi barcha 20 uchrashuvda ham o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan.

Bu borada Perishich tarixiy natijaga yaqin turibdi. Jahon chempionatlarida barcha o‘yinlarni asosiy tarkibda boshlagan maydon futbolchilari orasida undan oldinda faqat uch nafar afsonaviy futbolchi bor:

Paolo Maldini — 23 ta o‘yin
Diego Maradona — 21 ta o‘yin
Uve Zeler — 21 ta o‘yin

Shu tariqa, Perishich Maradona va Zeler qayd etgan natijani takrorlashi uchun yana bitta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushishi kifoya.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting