locale OZ

Pedri jarohati sabab bir oyga safdan chiqdi

«Barselona» yarimhimoyachisi «Slaviya»ga qarshi bahsda shikastlangandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedri jarohati sabab bir oyga safdan chiqdi
FOTO: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Pedri jarohati sabab bir oyga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman eʼlon qildi.

Futbolchi Chexiyaning «Slaviya» jamoasiga qarshi Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi uchrashuvida (4:2) jarohat olgan edi. Pedri ushbu bahsda golli uzatma muallifi bo‘ldi va 61-daqiqada maydonni tark etdi.

Klub xabarida aytilishicha, bugun ertalab o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar Pedrining o‘ng oyog‘idagi son orqa mushaklarida shikast borligini tasdiqlagan. «Barselona» tibbiy shtabi futbolchining tiklanish muddati taxminan bir oyni tashkil etishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 23 yoshli yarimhimoyachi La Ligada 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etgan. Shuningdek, u Chempionlar ligasida 5 o‘yinda ishtirok etib, 2 ta assist muallifi bo‘lgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting