locale OZ

Pedri: «Jahon chempionati finalida Messiga qarshi o‘ynash — orzuim»

Ispaniyalik futbolchi finalda Argentinaga qarshi o‘ynamoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedri: "Jahon chempionati finalida Messiga qarshi o‘ynash — orzuim"
ФОТО: Getty images

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri 2026-yilgi Jahon chempionatidagi eng katta orzusi haqida gapirdi.

"Jahon chempionati finalida Messiga qarshi maydonga tushish — mening orzuim. Men uchun u futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi. Uning o‘yinini kuzatishni juda yaxshi ko‘raman. Biz har kuni birga mashg‘ulot o‘tkazgan paytlarimizda ham bundan katta zavq olardim. U maydonda qilayotgan ishlari hayratlanarli. Bu yoshda bunday darajada o‘ynash faqatgina favqulodda mahorat egasiga xos. Men uchun u tarixdagi eng yaxshi futbolchi", — dedi Pedri AS nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi JCH-2026 1/8 finalida 6-iyul kuni Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi. Argentina esa 7-iyul kuni Misr terma jamoasi bilan chorak final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting