Pedri «Chelsea»ga qarshi o‘ynamaydi
U 25 noyabr kungi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
ФОТО: Getty images
"Barselona" markaziy yarim himoyachisi Pedri mushaklaridagi jarohatini davolashni davom ettirmoqda.
Jurnalist Xavi Miguelning aytishicha, futbolchi "Chelsea"ga qarshi 25 noyabr kungi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Klub 22 yoshli ispaniyalik futbolchining sog‘lig‘i bilan hech qanday tavakkal qilmaydi. U "Alaves"ga qarshi hafta oxiridagi yoki "Atletiko"ga qarshi o‘yinda safga qaytishi mumkin.
Qayd etilishicha, Pedri bugun jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazmadi va sport zalida alohida shug‘ullandi.
Flik yarim himoya chizig‘ida Pedrining o‘rnini Dani Olmo bilan to‘ldirishni maqsad qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist