locale OZ

Pedraza 15 yillik faoliyatidan so‘ng «Vilyarreal»ni tark etadi

Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedraza 15 yillik faoliyatidan so‘ng «Vilyarreal»ni tark etadi
ФОТО: Getty images

"Vilyarreal" klubi himoyachisi Alfonso Pedraza joriy mavsum yakunlangach jamoani tark etadi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, "Vilyarreal" va Pedraza 2025/2026 yilgi mavsum so‘nggida o‘zaro xayrlashadi. Shu tariqa, futbolchi "sariq submarina" bilan bog‘liq 15 yillik faoliyatini yakunlaydi.

Klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan andalusiyalik futbolchi asosiy jamoa safida jami 234 ta o‘yinda ishtirok etdi. U 2021 yildagi Yevropa ligasi g‘olibi, shuningdek, UEFA Superkubogi va 2022 yilda Chempionlar ligasi yarim finalidagi ishtiroki orqali klub tarixidagi eng muhim o‘yinchilardan biriga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting