«Paxtakor»ning Antaliya yig‘ini uchun qaydnoma e’lon qilindi
Kamoliddin Tojiyev dastlabki yig‘in uchun 26 nafar futbolchini tanlab oldi.
Фото: Пахтакор ПФ
"Paxtakor" Turkiyadagi birinchi yig‘inni o‘tkazish uchun 17-yanvar kuni tongda Antaliyaga yo‘l oladi.
30-yanvargacha davom etadigan mashg‘ulotlar doirasida uchta nazorat uchrashuvida maydonga tushiladi.
Vladimir Nazarov, Mahmud Mahammadjonov, Ibrohim Ibragimov, Oybek Bozorov va Rustam Turdimurodov milliy terma jamoa yig‘inida ishtirok etishi sababli Antaliyadagi birinchi yig‘inni o‘tkazib yuboradi. Flamarion jarohat sabab mashg‘ulotlarga keyin qo‘shiladi.
Kamoliddin Tojiyev dastlabki yig‘in uchun 26 nafar futbolchini tanlab oldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist