«Paxtakor»ning 14 nafar futbolchisi turli yoshdagi terma jamoalarga jalb qilindi
Фото: Пахтакор ПФК
"Paxtakor" asosiy tarkibidan 14 nafar o'yinchi yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlarida terma jamoalar safiga jalb etildi.
Vladimir Nazarov, Muhammadqodir Hamraliev, Hojiakbar Alijonov, Abdurauf Bo'riev, Ibrohim Ibragimov, Diyor Xolmatov, Hojimat Erkinov, Aziz Turg'unboev va Igor Sergeev milliy terma jamoamiz bilan Toshkentda MOFA Kubogida ishtirok etishadi.
Muhammadrasul Abdumajidov, Behruz Asqarov va Dilshod Abdullaev U-20 terma jamoamiz Osiyo Kubogi saralash bosqichida qatnashishadi.
Bashar Resan hamda Zaid Tahsin Iroq termasi bilan Tailandda o'tadigan xalqaro turnirga borishadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist