Paxtakor – Yaypan bahsi uchun prevyu
Yaypanda yangi tashkil etilgan klub bilan birinchi marta to‘qnash kelinadi.
Фото: Пахтакор ПФК
“Paxtakor” jamoasi O‘zbekiston Kubogidagi yurishini Toshkentda proliga a’zosi "Yaypan"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.
Ushbu raqibga qarshi hozirgacha to‘qnash kelmagan. Yaypanda yangi tashkil etilgan klub bilan birinchi marta to‘qnash kelinadi.
Kubokda guruhlardan 2tadan jamoa nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Guruhdagi barcha uchrashuvlar may oyida o‘tkaziladi.
"Paxtakor" va "Yaypan" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 13-may, chorshanba kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist