«Paxtakor» sobiq ustozi Saudiya Arabistonida ish boshladi
Photo: Pakhtakor PFK
"Paxtakor" sobiq bosh murabbiyi Slavche Voyneski Saudiya Arabistonining "Al-Oruba" jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Ma'lumot uchun, "Al-Oruba" jamoasi o'tgan mavsum Premyer-ligada 17-o'rinni egallab, elita safidan birinchi divizionga tushib ketgandi.
Bugun klub Slavche Voyneski jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qildi.
Shimoliy makedoniyalik mutaxassis ilgari Turkiyada ham faoliyat yuritgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist