Paxtakor Resan, Hamdamov, Nazarov, Turdimurodov va Saidnurullayev bilan kelishuvni uzaytirdi
Vladimir Nazarov esa 2028 yil yakunigacha "Paxtakor" safida o‘ynashda davom etadi.
photo: Paxtakor FK
Resan, Hamdamov, Nazarov, Turdimurodov va Saidnurullayev bilan shartnomalar uzaytirildi.
"Bir qator futbolchilar bilan klubimiz o‘rtasidagi hamkorlik davom ettiriladi.
Bashar Resan va Doston Hamdamov bilan 2026 yil oxirigacha shartnomalar uzaytirilgan bo‘lsa, Rustam Turdimurodov va Saidmurod Saidnurullayev 2027 yil oxirigacha jamoamiz bilan kelishuvga imzo chekdi. Vladimir Nazarov esa 2028 yil yakunigacha "Paxtakor" safida o‘ynashda davom etadi",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor