locale OZ

«Paxtakor» - «Navbahor». O‘zaro o‘yinlar tarixi

O‘zaro o‘yinlarda “sherlar” 140, “lochinar” esa 56 ochkoni qo‘lga kiritishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Previyu. "Paxtakor" - "Navbahor"
Фото: Навбаҳор ПФК

O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” Toshkentda “Paxtakor” mehmoni bo‘ladi.

Superliga (oliy liga)mizning muntazam ishtirokchisi bo‘lgan mazkur klublarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, jamoalar shu kungacha 70 marta o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan.

O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik poytaxtliklar tarafida. O‘tkazilgan bahslarning 42 tasida “sherlar” zafar quchishgan bo‘lsa, 14 ta o‘yinda “lochinar” g‘alaba qozonishgan, 14 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. “Paxtakor” “Navbahor” darvozasiga 114 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 57 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

O‘zaro o‘yinlarda “sherlar” 140, “lochinar” esa 56 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob - 7:0. Mazkur hisob 2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilib, unda “Paxtakor” zafar quchgandi.
“Navbahor” esa 2024 yilgi mavsumda o‘z maydonida poytaxtliklarni 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, “Paxtakor” bilan o‘zaro qarama-qarshilikdagi eng yirik g‘alabasini nishonladi.
Ushbu klublar shu kungacha Toshkentda 35 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, ushbu uchrashuvlarning 28 tasida “sherlar” g‘alaba qozonishgan, 6 ta o‘yinda durang qayd etilgan va 1 ta bahsda “lochinar” zafar quchishgan.

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda “Paxtakor” “Navbahor” darvozasiga 72 ta gol urib, o‘z darvozasidan 20 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 10 mart kuni soat 20:00 da “Paxtakor” stadionida boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting