locale OZ

Paxtakor — Nasaf jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar ekspert hakamlar guruhi tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi

Ekspert hakamlar guruhi ushbu qarorni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Paxtakor — Nasaf jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar ekspert hakamlar guruhi tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi
photo: UzFHM

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar ekspert hakamlar guruhi tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.

Birinchi vaziyat: Uchrashuvning 45+2-daqiqasida yuzaga kelgan mazkur vaziyatda “Nasaf” futbolchisi “Paxtakor” o‘yinchisiga nisbatan qoida buzgan. Garchi “Paxtakor” futbolchisi to‘p uchun harakat qilgan bo‘lsa-da, u to‘pni to‘liq nazoratiga ololmagan va to‘p darvozabonga yaqinlashib borayotgan edi. Ya’ni, darvozabonning to‘pga birinchi yetib kelish ehtimoli yuqori bo‘lgan.

Shu sababli, aniq gol urish imkoniyatini yo‘qqa chiqarish holati to‘liq shakllanmagan deb baholandi. Bosh hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilmagani to‘g‘ri qaror sifatida e’tirof etildi. Vaziyat qizil kartochkaga yaqin bo‘lishiga qaramay, sariq kartochka bilan cheklanish o‘rinli bo'lgani to'g'ri qaror sifatida e'tirof etildi. Ekspert hakamlar guruhi ushbu qarorni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Ikkinchi vaziyat: Uchrashuvning 90-daqiqasida “Nasaf” jamoasining 32-raqamli futbolchisi o‘z jarima maydonchasi ichida “Paxtakor”ning 55-raqamli o‘yinchisiga nisbatan qo‘pol tarzda harakat qilgan — u raqibini qo‘li bilan tortib qolgan va kurash jarayonida tanasiga zarba bergan.

VAR aralashuvidan so‘ng bosh hakam tomonidan penalti belgilandi.

Ekspert hakamlar guruhi ushbu vaziyatda ham bosh hakamning qarorini to‘g‘ri deb topdi. Qoidabuzarlik sodir etgan futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatilishi ham o‘rinli qaror sifatida baholandi.

Xulosa: Har ikkala bahsli vaziyatda ham bosh hakam tomonidan qabul qilingan qarorlar amaldagi qoidalarga to‘liq mos keladi va to‘g‘ri deb topildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting