locale OZ

«Paxtakor» birinchi o‘yinini o‘tkazganiga 70 yil to‘ldi

Chempionatlardagi ilk rasmiy uchrashuvi esa 1956 yil 8 aprel sanasiga to‘g‘ri kelgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Paxtakor» birinchi o‘yinini o‘tkazganiga 70 yil to‘ldi
Фото: Пахтакор ПФК

1956 yil 8 aprel kuni "Paxtakor" o‘zining ilk rasmiy uchrashuvida maydonga tushgan.

1951 yili Toshkentda "Paxtakor" qishloq sport jamiyati tashkil etilgan, ammo futbol jamoasi sifatida faoliyatini "Paxtakor" 1956 yil yanvar oyidan boshlagan. Murabbiylikka "Dinamo" Moskvadagi ishi bilan tanilgan taniqli mutaxassis Valeriy Bekhtenev taklif etilgan. 1955 yil Odessada bo‘lib o‘tgan qishloq jamoalari o‘rtasidagi Sobiq Ittifoq birinchiligida "Paxtakor" qatnashgan. Chempionatlardagi ilk rasmiy uchrashuvi esa 1956 yil 8 aprel sanasiga to‘g‘ri kelgan.

Dastlabki uchrashuvlarini O‘zbekistonning bosh jamoasi Toshkentning eski shahar qismida joylashgan "Spartak" stadionida o‘tkazgan. Chunki ayni paytda yurtimizning bosh arenasiga aylangan "Paxtakor" stadioni 1956 yilning avgust oyida ishga tushirilgan.

Birinchi rasmiy bellashuv ikkinchi liganing "B" klassi doirasida 1956 yilning 8 aprel kuni o‘tkazilgan. Unda Perm viloyatining Molotov shahri jamoasi bilan to‘qnash kelgan "Paxtakor" 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. O‘yin qaydnomasi bilan tanishing:

"Paxtakor" – Perm shahri jamoasi – 1:0 (1:0). "Spartak" stadioni.

"Paxtakor": Pyotr Volostnov, Akmal Azizxo‘jayev, Anatoliy Kozenkov, Vitaliy Vitkalov, Idgay Tazetdinov, Qobil Muqimov, Yakov Kaprov, Laziz Maqsudov, Vladimir Kanunnikov, Aleksandr Murashov, Mixail Borkin.

Gol: Laziz Maqsudov, 44-pen.

Hozirga kelib jamoamiz 16 marta O‘zbekiston chempionatida va 14 bor O‘zbekiston Kubogida, ikki bor O‘zbekiston Superkubogi, bir martadan MDH Kubogi va Liga Kubogida zafar quchib, mamlakatimizning eng sovrindor jamoasiga aylangan. Chempionlar Ligasida ishtirok etish bo‘yicha Osiyo rekordchilaridan biri sanaladi. Ushbu turnirda jamoamiz ikki marta yarim finalda o‘ynagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting