locale OZ

«Paxtakor-79» fojiasiga 47 yil to‘ldi

Fojia yer yuzasidan 8400 metr balandlikda yuz berdi.
“Paxtakor-79” fojiasiga 47 yil to‘ldi
Фото: Пахтакор ПФК

1979 yilning 11 avgust sanasi o‘zbek futbol jamoatchiligi uchun qora harflar bilan yozib qo‘yilgan.

1979 yilning 11 avgusti. Toshkent vaqti bo‘yicha soat 13 dan 35 daqiqa 38 soniya o‘tganda, Toshkent-Guryev-Donetsk-Minsk yo‘nalishida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti Chelyabinsk-Kishinyov reysini bajarayotgan shu rusumdagi boshqa samolyot bilan to‘qnashdi. Fojia yer yuzasidan 8400 metr balandlikda yuz berdi va ikki samolyot bortida bo‘lgan 178 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida o‘sha vaqtda o‘zbek futbolining faxri hisoblangan “Paxtakor”ning 17 nafar a’zosi ham bor edi.

Halokat haqida birinchi bo‘lib o‘sha paytda havoda bo‘lgan AN-2 samolyoti ekipaji xabar beradi: «Kurilovka hududida qulashi kuzatilayotgan samolyot qismlari ko‘zga tashlanmoqda. Menimcha, bu TU-134 parchalari».

Ikki laynerning 8400 metr balandlikda to‘qnashuvi natijasida 178 inson hayotdan ko‘z yumdi.

Bu halokat ko‘pchilikni o‘zini yo‘qotib qo‘yishga majbur qildi. Chunki o‘sha mavsumda “Paxtakor” ishonchli o‘yin ko‘rsatib, yuqori o‘rinlar uchun kurashishga haqqi borligini isbotlab kelayotgan edi. Hatto ayrim mutaxassislar jamoaning yaqin yillarda Yevrokuboklarda o‘ynashi mumkin, degan taxminlarni ilgari surgan edi.

Samoda halok bo‘lgan o‘yinchi va jamoa a’zolari quyidagilar:
Idgay Borisovich Tazetdinov 13.01.1933 Murabbiy
Vladimir Vasilyevich Chumakov 08.12.1932 Shifokor
Mansur Inomjonovich Tolibjonov 04.04.1944 Ma’mur
Mixail Ivanovich An 19.11.1952 Yarim himoyachi
Vladimir Ivanovich Fyodorov 05.01.1956 Hujumchi
Olim Masolievich Ashirov 25.01.1955 Himoyachi
Ravil Rustamovich Agishev 14.03.1959 Himoyachi
Konstantin Aleksandrovich Bakanov 25.05.1954 Yarim himoyachi
Yuriy Timofeyevich Zagumennih 07.06.1947 Himoyachi
Aleksandr Ivanovich Korchyonov 04.05.1949 Yarim himoyachi
Nikolay Borisovich Kulikov 25.04.1953 Himoyachi
Vladimir Vasilyevich Makarov 09.03.1947 Yarim himoyachi
Sergey Konstantinovich Pokatilov 20.12.1950 Darvozabon
Viktor Nikolayevich Churkin 25.01.1952 Hujumchi
Sirajiddin Ahmadovich Bozorov 10.08.1961 Hujumchi
Shuhrat Musinovich Eshbotaev 08.02.1959 Hujumchi
Vladimir Valievich Sobirov 14.01.1958 Hujumchi

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting