locale OZ

Paulo Bentu bilan muzokaralar: jurnalist Troitskiyning munosabati

Portugaliya mutaxassisi bo‘yicha xabarlarga Aleksandr Troitskiy izoh berdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlanishi mumkin bo‘lgan Paulo Bentu masalasi muhokama markazida qolmoqda. 27 avgust kuni mutaxassisning vakillari Toshkentga kelishlari rejalashtirilgani haqida xabar qilindi.

Bu yangilikka sport jurnalisti Aleksandr Troitskiy quyidagicha fikr bildirdi:

“Rostini aytsam, qilmoqchi bo‘lgan ishini qilsin. Kimni xohlashsa, shuni chaqirishsin. Menda endi vatanparvarlik haqida, butun dunyoda o‘z mutaxassislarini rivojlantirishadi degan gaplarni yana-yana takrorlashga sabr yo‘q. Agar qaror chiqarilgan bo‘lsa, demak Bentu bo‘ladi. Ssenariy ham oldindan ma’lum: ehtimol bir yilga shartnoma tuzishadi, katta maosh to‘lashadi, Jahon chempionatidan keyin ishdan olishadi, so‘ng yana Kapadzega qaytishadi. Ko‘rasizlar”.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting