locale OZ

Pauleta: «Umid qilamanki, «PSJ» yana bir sovrinni qo‘lga kiritadi»

Turnirning final o‘yini bugun, 30-may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pauleta: «Umid qilamanki, «PSJ» yana bir sovrinni qo‘lga kiritadi»
ФОТО: Getty images

«Pari Sen-Jermen»ning sobiq hujumchisi Pedru Pauleta UEFA Chempionlar Ligasining bo‘lajak finali haqida fikr bildirdi. Unda Parij klubi Londonning «Arsenal» jamoasi bilan to‘qnash keladi.

«Umid qilamanki, «PSJ» yana bir sovrinni qo‘lga kiritadi. Chempionlar Ligasidagi ikkinchi g‘alaba juda muhim. Bu ajoyib bo‘lardi», — deya Pauletaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Turnirning final o‘yini bugun, 30-may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan turnir finalida Parij jamoasi Milanning «Inter» klubini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting