locale OZ

«Parma» Guaita bilan shartnoma imzoladi

Kelishuv 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Parma» Guaita bilan shartnoma imzoladi
ФОТО: Getty images

“Parma” klubi ispaniyalik 38 yoshli darvozabon Visente Guaita bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

Kelishuv 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Bunga “Parma” klubining asosiy darvozaboni Zion Sudzuki qo‘lini sindirib olgani sabab bo‘ldi. Natijada, yaponiyalik posbon 3-4 oy maydonga chiqa olmaydi.

Guaita so‘nggi ikki mavsumni "Selta"da o‘tkazdi. Futbolchilik faoliyati davomida u "Kristal Pelas", "Valensiya" va "Xetafe" klublarida ham o‘ynagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting