locale OZ

Para velosport tarixida ilk bor: O‘zbekiston jahon chempionatida 2 ta oltin medal qo‘lga kiritdi

AQShning Alabama shtati, Hantsvill shahrida para velosport bo'yicha dunyo birinchiligiga start berildi.
Para velosport tarixida ilk bor: O‘zbekiston jahon chempionatida 2 ta oltin medal qo‘lga kiritdi
photo: paralympic

Para velosport tarixida ilk bor: O‘zbekiston jahon chempionatida 2 ta oltin medal qo‘lga kiritdi

AQShning Alabama shtati, Hantsvill shahrida para velosport bo'yicha dunyo birinchiligiga start berildi.

Musobaqaning ilk kunida 14.6 km masofaga vaqt poygalari tashkil etildi. Quvonarlisi, turnirning dastlabki kunidayoq hisobimizga 2 ta oltin medali qo'shildi. T1 klassidagi bellashuvlarda Marjona Pardaboyeva barcha raqibalaridan ustun kelgan bo'lsa, Pokiza Ahmadbekova H1 klassidagi vaqt poygasida dunyoda tengsiz ekanini isbotladi.

Ayollar, T1 (vaqt poygasi):
1-o'rin. Marjona Pardaboyeva (🇺🇿O'zbekiston)
2-o'rin. Pavlina Veyvodova (🇨🇿Chexiya)
3-o'rin. Quan Shiqi (🇨🇳Xitoy).

Ayollar, H1 (vaqt poygasi):
1-o'rin. Pokiza Ahmadbekova (🇺🇿O'zbekiston)
2-o'rin. Manuela vos van den Bouxyuysen (🇪🇸Ispaniya).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting