Para taekvandochilarimiz Xitoydagi xalqaro turnirda ishtirok etishadi
PHOTO: Telegram
Para taekvondochilarimiz "Xalqaro taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi"da ishtirok etadi
Joriy yilning 22-26 aprel kunlari Xitoyning Tayan shahrida para taekvondo bo‘yicha "Xalqaro taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqada dunyoning 40 ga yaqin mamlakatidan 500 nafardan ortiq sportchilari ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham mazkur nufuzli musobaqada qatnashish uchun Xitoyga yo‘l oldi.
Bo‘lajak musobaqada vakillarimizga omad tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor