locale OZ

«Panatinaikos» Renatu Sanjeshning transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Panatinaikos» Renatu Sanjeshning transferini e'lon qildi
Фото: Panathinaikos

“PSJ” yarim himoyachisi Renatu Sanjes faoliyatini Gretsiyada davom ettiradi.

28 yoshli portugaliyalik futbolchi “Panatinaikos” bilan shartnoma imzoladi. Afina klubi Yevro-2016 g'olibini bir mavsumga ijaraga oldi.

Sanjes 2022 yildan beri “PSJ”da to'p surib keladi. U avvalgi mavsumlarda “Roma” va “Benfika” klublarida ijara asosida o'ynagan.

O'tgan mavsumda Portugaliya chempionatida atigi 10 ta bahsda maydonga tushdi.

Futbolchi faoliyati davomida “Bavariya”, “Lill” va “Suonsi” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting