locale OZ

Palmer Mourinyo bilan birga ishlashga qarshi emas

Koulning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan.
Palmer Mourinyo bilan birga ishlashga qarshi emas
ФОТО: Getty images

«Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmer Joze Mourinyo qo‘l ostida ishlashga qarshi emasligini bildirdi.

Portugaliyalik mutaxassis hozirda Madridning «Real» klubini boshqarmoqda. Mourinyo 13 yillik tanaffusdan so‘ng iyun oyida madridliklar jamoasiga qaytgan edi.

— Bir kun kelib Mourinyo jamoasida o‘ynashni xohlarmidingiz?

— Ha, ehtimol, — deb javob berdi 24 yoshli futbolchi. Uning so‘zlarini Madrid Zone keltirdi.

Koul Palmerning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 100 million yevro deb baholamoqda.

Joze Mourinyo «Chelsi»ni birinchi marta 2004–2007 yillarda, ikkinchi bor esa 2013–2015 yillarda boshqargan. «Maxsus» mutaxassisning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting