locale OZ

Pacho «PSJ» bilan shartnomani uzaytiradi

Pacho 2024 yil avgust oyida “Ayntraxt” jamoasidan 40 million yevro evaziga “PSJ”ga o'tgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pacho «PSJ» bilan shartnomani uzaytiradi
ФОТО: Getty images

“PSJ” himoyachisi Villian Pacho klub bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor, deb xabar bermoqda insayder Fabrizio Romano.

Tomonlar yangi bitim shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shartnoma 2030 yilning yozigacha amal qiladi.

Parij klubi rahbariyati ekvadorlik futbolchining o‘yinlaridan mamnun. Shu sabab kelishuvni uzaytirishni asosiy maqsadga aylantirishgan.

Eslatib o‘tamiz, Pacho 2024 yil avgust oyida “Ayntraxt” jamoasidan 40 million yevro evaziga “PSJ”ga o‘tgan edi. 24 yoshli himoyachining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting