locale OZ

O‘zbekistonning raqibi JCH uchun tarkibini e’lon qildi

Ushbu tarkibda Angliya, Ispaniya, Fransiyada harakat qiluvchi bir necha o‘yinchilar jalb qilingan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonning raqibi JCH uchun tarkibini e’lon qildi
ФОТО: Getty images

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqibi Kongo terma jamoasi mundial uchun qaydnomasini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu tarkibda Angliya, Ispaniya, Fransiyada harakat qiluvchi bir nechta futbolchilar jalb etilgan.

Kongo terma jamoasining mundial uchun qaydnomasini taqdim etamiz:

Darvozabonlar: Timoti Fayulu, Lionel Mpasi-Nzo, Mattyo Epolo.
Himoyachilar: Aaron Van-Bissaka, Jedeon Kalulu, Artur Masuaku, Stiv Kapyuadi, Roki Bushiri, Aksel Tuanzebe, Shansel Mbemba, Dylan Batubinsika, Joris Kayembe-Ditu.
Yarim himoyachilar: Noa Sadiki, Samyuel Mutussami, Edo Kayembe, Ngalayel Mukau, Sharl Pikel, Natanael Mbuku, Bryan Sipenga, Teo Bongonda, Gael Kakuta.
Hujumchilar: Meshak Elia, Sedrik Bakambu, Simon Banza, Yoan Vissa.

Ma’lumot uchun, Kongo Jahon chempionatini joriy yilning 17-iyun kuni Portugaliyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Afrika qit’asi vakillarining O‘zbekiston terma jamoasi bilan bahsi guruh bosqichining 3-turida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bellashuv joriy yilning 28-iyun kuni o‘tkaziladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting