O‘zbekistonning 17 ta klubi OFK litsenziyasiga ega chiqdi


Osiyo futbol konfederatsiyasi 2025/26-yilgi futbol mavsumidagi klublar musobaqasida ishtirok etish huquqini beruvchi litsenziatlar nomiga oydinlik kiritdi. Ular orasida O‘zbekistonning 17 klubi ham bor.
Bu borada Qatar va Indoneziyaning 18 tadan klubi litsenziyalash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tishga erishdi. Shuningdek, BAA, Saudiya, O‘mon, Vyetnam klublari ham faollik ko‘rsatdi. Qo‘shnilarimiz Tojikiston va Turkmanistonning 2 tadan klubi litsenziyaga ega chiqdi.
Qayd etish kerak, O‘zbekiston 2023/24-yilgi mavsum uchun 17 talik, 2024/25-yilgi mavsumda esa 19 talik ko‘rsatkich bilan qit’aning eng faol a’zosiga aylangandi. Keyinchalik “Turon” hamda “Metallurg” klublarining o‘z professional faoliyatiga chek qo‘yishi yangi mavsum kvotalarining umumiy soniga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan barcha klublar qatorasiga ikkinchi siklda to‘liq ko‘rinishda litsenziatga aylandi. Proliga klublari orasidan esa faqatgina “Lokomotiv” bunga erishdi.
Ma’lumot uchun, Superliga klublari soni 16 taga yetkazilgach, “Superliga va Proliga reglamenti”dan OFK litsenziyaga ega chiqa olmagan klubning yangi mavsumda Superligada ishtirok eta olmasligi borasidagi band olib tashlangan.
Ya’ni, 2026-yilgi mavsumda Superligada OFK litsenziyasi mavjud bo‘lmagan klub ham ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, Superliganing biror klubi litsenziyaga ehtimoliy ega chiqa olmagan taqdirida ham kelasi mavsum chempionatdagi o‘z o‘rnini saqlab qolishi avvaldan belgilab qo‘yilgan edi.

Futbol
Kecha da 15:55

Futbol
Kecha da 13:50

Futbol
Kecha da 10:19