O‘zbekistonlik mutaxassislar xalqaro musobaqalarda ishtirok etmoqda
Фото: UzFHM
Saudiya Arabistonida 2027 yilgi U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. “A” guruhidagi bahslar davomida Vladislav Seytlin inspektor sifatida ishlamoqda.
Qatarda U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichining “H” guruhi o‘yinlari davom etmoqda. Bu yerda Valentin Kovalenko inspektorlik vazifasini bajarmoqda.
Tojikistonda o‘tayotgan CAFA Nations Cup turnirida Jahongir Saidov hakamlar nazoratchisi sifatida ishtirok etmoqda.