Oʻzbekistonlik hakamlar xalqaro oʻrtoqlik bahsida faoliyat olib boradi
Bu oʻyin 15 noyabr kuniga belgilangan.
Фото: UzFHM
15 noyabr kuni boʻlib oʻtadigan Rossiya va Chili terma jamoalari oʻrtasidagi bahsni Firdavs Norsafarov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Bu haqda Oʻzbekiston hakamlar markazi xabar berdi. Norsafarovga qanotlardagi yordamchilar sifatida Alisher Usmonov va Islom Azimovlar koʻmaklashadi.
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Islom Azimov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist