O‘zbekistonlik hakamlar U-17 jahon chempionatida navbatdagi o‘yinga tayinlandi
Bu haqda O‘zbekiston hakamlar markazi xabar berdi.
Фото: UzFHM
Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar brigadasi U-17 Jahon chempionatidagi navbatdagi bahsda faoliyat olib borishadi. Bu haqda O‘zbekiston hakamlar markazi xabar berdi.
Hakamlarimiz 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Misr — Venesuela terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda ishlaydi.
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G‘iyosov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist