locale OZ

O‘zbekistonlik hakamlar Jahon chempionatining 1/8 finalida ishlaydi

Uchrashuv 5-iyul kuni soat 02:00 da AQSHning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik hakamlar Jahon chempionatining 1/8 finalida ishlaydi
Фото: ЎФА

O‘zbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Paragvay – Fransiya uchrashuviga tayinlandi.

Ilgiz Tantashevga qanot hakamlari Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.

Uchrashuv 5-iyul kuni soat 02:00 da AQSHning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur bahs AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalar doirasiga to‘g‘ri kelayotgani bois, stadionda mamlakatning yuqori martabali davlat amaldorlari ham tashrif buyurishi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting