locale OZ

O‘zbekistonlik hakamlar FIFA kunlarida xalqaro o‘yinlarni boshqarishadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik hakamlar FIFA kunlarida xalqaro o‘yinlarni boshqarishadi
Фото: UzFHM

Sentyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida 2026-yilgi U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi uchrashuvlarida o‘zbekistonlik referilar faoliyat olib borishadi.

Asker Najafaliyev (bosh hakam) va Ruslan Serazitdinov (yordamchi hakam) Xitoyda o‘tkazilishi kutilayotgan “D” guruhi uchrashuvlariga tayinlov oldi.

Rustam Lutfullin (bosh hakam) va Sanjar Shoyusupov (yordamchi hakam) Indoneziya mezbonlik qiladigan “J” guruhi bahslarini boshqaradi.

Akobirxo‘ja Shukurollaev (bosh hakam) va Islom Azimov (yordamchi hakam) Tojikiston maydonlarida o‘tkaziladigan “K” guruhi o‘yinlarida faoliyat yuritadi.

Ilgiz Tantashev, Ahrol Risqullayev, Firdavs Norsafarov, Andrey Tsapenko va Baxtiyorxo‘ja Shavkatov 30-avgust — 8-sentyabr kunlari o‘tkaziladigan “CAFA Nations Cup-2025” turnirida ishtirok etishadi.

Shuningdek, Firdavs Norsafarov 17–28-sentyabr kunlari Universitetlar o‘rtasidagi Jahon chempionati (FISU University World Cup Football) uchrashuvlarini boshqarib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting