Oʻzbekistonlik ayol hakam qizlar oʻrtasidagi U-20 Osiyo kubogi musobaqasidagi ilk oʻyinga tayinlov oldi
Rossiya — Mali terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik bahsida oʻzbekistonlik hakamlar jamoasi faoliyat olib boradi.
photo: UzFHM
Xabaringiz bor, 1—18-aprel kunlari Tailandda qizlar oʻrtasida U-20 Osiyo kubogi boʻlib oʻtadi. Unda Gulshoda Saitqulova 2-aprel kuni boʻlib oʻtadigan Avstraliya — Xitoy Taypey terma jamoalari oʻrtasidagi bahsda bosh hakam sifatida ishlaydi.
Bugun boʻlib oʻtadigan Rossiya — Mali terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik bahsida oʻzbekistonlik hakamlar jamoasi faoliyat olib boradi.
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal Gʻiyosov
Ibrohim Jalolov
Redaktor