O‘zbekistonga tashrif buyurgan mehmonlar «Olimpiya shaharchasi»da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar yoshlar va sport yo‘nalishiga mas’ul vazirlarning 9-yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida poytaxtimizga tashrif buyurgan vazirlar va delegatsiyalar vakillari “Olimpiya shaharchasi” bilan yaqindan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri hamrohligida o‘tgan tashrifda mehmonlarga "Velodrom", "Markaziy o‘yingoh", "Suv sporti", "Jamoaviy sport turlari" va "Yakkakurash sport turlari"ga ixtisoslashtirilgan majmualar va ularda yaratilgan sharoitlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu majmua sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar tashkilotga a’zo davlatlar sport va yoshlar yo‘nalishiga mas’ul vazirlar hamda delegatsiya a’zolari tomonidan yuksak e’tirof etildi.