locale OZ

O‘zbekiston yoshlari ikkinchi g‘alabasi bilan Osiyo o‘yinlari chorak finaliga chiqdi

Sardor Bahromov dublni rasmiylashtirdi.
O‘zbekiston yoshlari ikkinchi g‘alabasi bilan Osiyo o‘yinlari chorak finaliga chiqdi
Фото: ЎФА

Yaponiyaning Nagoya shahrida XX yozgi Osiyo o‘yinlari futbol turniri davom etmoqda.

O‘zbekiston U23 terma jamoasi guruh bosqichining ikkinchi o‘yinini Quvaytga qarshi o‘tkazib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkala gol ham birinchi taymda Sardor Bahromov tomonidan urildi. Ikkinchi taym avvalida Ro‘ziboy Fayzullayev maydondan chetlatildi, biroq o‘zbekistonliklar ishonchli tarzda himoyalanib, kerakli hisobni ushlab qoldi.

Osiyo o‘yinlari 2026, C guruhi, 2-tur

O‘zbekiston U23 – Quvayt U23 2:0

Gollar: Sardor Bahromov (6, 36)

O‘zbekiston: Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, Dilshod Murtazoyev, G‘iyosjon Rizaqulov, Ravshan Xayrullayev, Sardor Bahromov (Ollabergan Karimov 46), Saidumарxon Saidnurullayev (Shodiyor Shodiboyev 71), Muhammadali O‘rinboyev (Quvonchbek Xushvaqtov 59), Asilbek Jumayev (Diyor Ab dunazarov 87), Azizbek To‘lqinbekov, Ro‘ziboy Fayzullayev.

Chetlatish: Ro‘ziboy Fayzullayev (ikkinchi sariq, 48).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting