O‘zbekiston XXIX milliy chempionati — Oliy liga. 4-tur, 3-kungi uchrashuvlar anonsi
Soat 15:00 da Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Buxoroning "Oil Star" jamoasi bilan kuch sinashadi.
photo: UFF
Qarshi shahridagi "Geolog" sport majmuasida 4-tur bahslari davom etmoqda. Bugun bo'lib o'tadigan o'yinlar ham muxlislarimizni bee`tibor qoldirmasligi aniq.
Soat 15:00 da Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Buxoroning "Oil Star" jamoasi bilan kuch sinashadi. Soat 17:00 da muxlislar peshqadamlar OKMK – "BMB PFC" jamoalarining qiziqarli o'yiniga shohid bo'lishadi. Soat 19:00 da esa "Qizilqum" – "Surxon" uchrashuvi uchiinchi kungi dasturni yakunlab beradi.

Bugun bo'lib o'tadigan barcha uchrashuvlar “Futbol-TV” telekanali hamda O‘FFning You Tube kanali orqali jonli, to'g'ridan to'g'ri efirda namoyish etiladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor